Lizing kalkulyatori

Ob'ekt narxi:
Dastlabki to'lov:
Lizing muddati:
Oylik to'lov:
*Yakuniy narx farq qilishi mumkin, kompaniyamiz menejerlaridan batafsil ma'lumot olishingiz mumkin

Biz haqimizda

Biz kimmiz?
Mikro Leasing. O’zbekistondagi lizing jahon standartlari

Mikro Leasing MChJ XK – O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan, 100% xorijiy kapitalga ega bo’lgan birinchi moliyaviy institut. Biz – lizing sohasida boy tajribaga ega va butun mamlakat bo’ylab keng ko’lamdagi xizmatlar taqdim etadigan universal lizing kompaniyasimiz. Bizning mijozlar: jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o’rta biznes vakillari.

Kompaniya faoliyatining falsafasi halollik va shaffoflikka asoslanadi. Mikro Leasing printsiplari – epchillik va ma’suliyatli moliyalashtirish qoidalariga rioya qilish. Mikro Leasing MChJ XK yuridik shaxslar uchun lizing moliyalashtirishni va jismoniy shaxslar uchun keyinchalik xarid qilish imkoniyati bilan ijaraga berish xizmatlarini taqdim etadi.

Mikro Leasing MChJ XK Mikro Kapital Group xalqaro xoldingi tarkibiga kirib, uning kompaniyalari dunyoning 15ta davlatlarida kichik va o’rta biznesga o’z ko’magini ko’rsatadi: Lyuksemburg, Italiya, Shveytsariya, Ruminiya, Chexiya, Belarus, Rossiya, Moldova, Armaniston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Indoneziya va Gonkongda.

Mikro Leasing jamoasi

Biz – yosh, serg’ayrat va jadal rivojlanayotgan jamoamiz. Bizning mutaxassislarimiz YeTTB yondashuviga asoslangan, KO’B korxonalarni moliyaviy tahlil qilish bilimlariga, shuningdek, dunyoning 15ta mamlakatida mikro, kichik va o’rtacha kompaniyalarni moliyalashtirishning uzoq muddatli tajribasiga ega.
Boshqaruvi
Ravshan Soliyev
Bosh Direktor
Boshqaruv Raisi
Aleksandr Xvan
Tijorat direktori
Boshqaruv a'zosi
Akobir Amirov
Risk bosh direktori
Boshqaruv a'zosi
Jargal Gatapov
Moliya direktori
Boshqaruv a'zosi
Nazorat kengashi
Yaroslav Poleschuk
Kuzatuv Kengashining Raisi
Vincenzo Trani
Kuzatuv Kengashining a’zos
Yoxannes Feist
Kuzatuv Kengashining a’zos

Mikro Kapital Group

Bizning guruhimiz Ipak yo’li bo’ylab joylashgan davlatlarni hisobga olgan holda, asosan mikro- va ijtimoiy moliyalashtirishga investitsiyalar kiritadi
Bizning korporativ strategiyamiz to’rt qoidaga asoslangan:
  • Biz bajarayotgan ishlar markaziga mijozlarimizning manfaatlarini qo’yamiz.
  • Biz mijozlarimizga aktivlarni boshqarishning o’ziga xos usulini taklif qilamiz.
  • Biz kompaniyamizning uzoq muddatli rivojlanishini ko’zlaymiz va shunday tarzda barqaror va daromadli o’sishni ta’minlashga intilamiz.
  • Biz jamiyat va milliy iqtisodiyot oldidagi mas’uliyatimizga nihoyatda jiddiy yondashamiz.
Ish madaniyatimiz va xodimlarimizning ishiga asoslangan bizning strategiyamiz – tajriba oshirish va himoyani ta’minlash asbobi bo’lib, uning yordamida kompaniyamizga bo’lgan ishonch kundan-kunga oshib borayotgani va bizning asosiy bozorlarda nufuzli kompaniyaga aylanayotganimizga ishonchimiz komil.
Mikro Kapital SpAItaly
Mikro Kapital RussiaRussia
Mikro Kapital IFN SARomania
Mikro Kapital MoldovaMoldova
Mikro LeasingBelarus
Concern General InvestRussia
General FactoringRussia
DelimobilRussia
Barcha kompaniyalar
Mikro Kapital LLCArmenia
Mikro Kapital Management SALuxembourg
General Invest SwitzerlandSwitzerland
Imon InternationalTajikistan
JSC MFC Mikro KapitalRussia
Mikro Kapital HKHong Kong
Mikro Kapital IndonesiaIndonesia
Mikro Kapital UzbekistanUzbekistan
Mikro Leasing UzbekistanUzbekistan
MK ConsultingTajikistan
National LeasingRussia
Town MoneyRussia
D-mobility WorldwideCzech Republic
AnytimeBelarus
AnytimeKazakhstan
Hamkorlarimiz
Hyundai
Zeppelin.Cat
Lada
Выберите ближайший филиал
Toshkent
Q'ongiroqqa buyurtma berish
Sizning ismingiz
Telefon
Xat yozish
Sizning ismingiz
Telefon
Sizning xabaringiz