Лизинг автомобилей с пробегом для физических лиц в Ташкенте - ИП ООО Микро Лизинг

Foydalanilgan avtomobillar arenda

LIZING PREDMETI: Foydalanilgan avtomobil
LIZING MUDDATI: 60 oygacha
АVANS: avtomobil narxidan 10%
MOLIYALASHTIRISH VALYUTASI: USD
AVTOMOBIL NARXI: 4000 Evrodan

SOʻROV QOLDIRISH

FOYDALANILGAN AVTOMOBILLAR UCHUN LIZING

FOYDALANILGAN AVTOMOBILLAR UCHUN LIZING

Avval foydalanilgan avtomobillardan birini xarid qilishingizga toʻgʻri kelib qolsa, lizing kreditga nisbatan ancha arzon, koʻrib chiqilishi soddaroq, bundan tashqari qoʻshimcha ta’minot shart boʻlmagan muqobil tanlov sanaladi. Kompaniyamizga murojaat qilsangiz, Toshkentdagi lizing boʻyicha foydalanilgan avtomobilni tezkor ravishda ortiqcha murakkab byurokratik amaliyotlarsiz xarid qilishingiz mumkin.

Foydalanilgan avtomobil uchun lizing – keyinchalik sotib olish sharti bilan transport vositasini uzoq muddatli moliyaviy ijaraga olishni anglatuvchi moliyaviy vosita sanaladi.

Avtomobilni lizing asosida xarid qilishning quyidagi ustunliklari bor:

• foydalanilgan avtomobillarning oʻrtacha narxi
• u qadar katta boʻlmagan boshlangʻich toʻlov
• lizing oluvchilarga nisbatan minimal talablar
• har oylik toʻlovlar vaqtida mablagʻlarni sezilarli tejab qolish (avtomobilni kreditga olish bilan taqqoslaganda)

Sohadagi koʻp yillik tajriba tufayli “Mikro Lizing” kompaniyasi mutaxassislari biznes yuritish jarayonini ratsionallashtirib, sodda holatga keltirishdi. Natijada lizing tuzish uchun kerakli hujjatlar roʻyxati minimumga keltirildi, soʻrovni koʻrib chiqish muddati esa bir kundan koʻp emas.

BITIM TUZISH JARAYONI

Процедура оформления сделки

1. Mijoz avtomobilni tanlaydi
2. Lizing oluvchi kelishuvni tuzish uchun zaruriy hujjatlar paketini toʻplab beradi (pasport, haydovchilik guvohnomasi, daromadlar haqida ma’lumotnoma);
3. Tomonlar lizing kelishuvini imzolashadi
4. Mijoz, ya’ni lizing oluvchi avans toʻlaydi. Yuqoridagi amaliyotlardan keyin mijoz avtomobilni oladi. “Mikro Lizing” kompaniyasi esa oʻz navbatida istaklaringizni amalga oshirish uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi!

LIZING T'OLOVLARI JADVALI


Отправляя заявку Вы даёте согласие на обработку данных