Лизинг автомобилей для физических лиц в Ташкенте - ИП ООО Микро Лизинг

Yangi avtomobillar arenda

ARENDA PREDMETI: avtomobil
ARENDA MUDDATI: 60 oygacha
АVANS: avtomobil narxidan 10%
MOLIYALASHTIRISH VALYUTASI: USD
AVTOMOBIL NARXI: 4000 EURdan

SOʻROV QOLDIRISH

Yangi avtomobillar arenda

YANGI AVTOMOBILLAR ARENDA

Agar Toshkentda yangi avtomobilni lizing asosida xarid qilishni istasangiz, kompaniyamiz mazkur jarayonni maksimal ravishda qulay hamda minimal vaqt va kuch sarflagan holda amalga oshirishga yordam beradi.

Avtomobilni lizing asosida xarid qilishning ustunliklari

Avtomobilni jismoniy shaxs sifatida xarid qilish – oʻzining soddaligi hamda ommabopligi tufayli bugungi kunda mashhur boʻlib bormoqda. Mijozlarimiz garov sifatida koʻchmas mulklarini qoldirishlari, uzoq vaqt davomida soʻrovlari ishlanishini kutish va yirik miqdordagi hujjatlarni rasmiylashtirishlari shart emas, Mikro Leasing kompaniyasi lizing bitimi muddati yakuniga yetgach keyinchalik xarid qilish sharti asosida mijozlarga yangi avtomobillarning sohibiga aylanish imkonini beradigan lizing dasturini jismoniy shaxslarga taqdim etadi.

Toshkentda lizing asosida avtomobil xarid qilishning qator ustunliklari bor – toʻlovlar miqdori va vaqti-vaqti bilan ularni toʻlashning mustaqil belgilanishi. Shu tarzda mijoz vaziyatni oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib nazorat qiladi: avtomobilni mulk sifatida xarid qilishning tezkor hisobi, toʻlov muddatlarini uzaytirish evaziga oylik xarajatlarning kamaytirilishi.

Jismoniy shaxslar tomonidan avtomobilni lizing asosida xarid qilish jarayonlari

Toshkentda jismoniy shaxslar tomonidan avtomobilni lizing asosida xarid qilish jarayonlari bir necha oddiy qoidalar bilan mustahkamlanadi. Siz oʻzingizga yoqqan avtomobilni tanlab kompaniyamizga soʻrov berasiz.

Buning uchun sizga kerak::

  • Pasport
  • Haydovchilik guvohnomasi
  • Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar

Shundan soʻng soʻrovingiz qisqa vaqt ichida koʻrib chiqiladi, bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda yangi avtomobilni lizing asosida xarid qilish imkoniyatidan xabardor etishadi.

Shundan soʻng bir necha murakkab boʻlmagan bosqichlardan keyin istagan mashinangiz kalitiga ega boʻlasiz.
Buning uchun:
1. Avans toʻlashingiz yoki avtomobilingizni qayd qildirasiz;
2. Toʻlov qiladigan valyutangizni belgilab olasiz;
3. Lizing kelishuvining amal qilish muddatini aniqlaysiz;
4. Oʻz ehtiyoj va imkoniyatlaringizdan kelib chiqib toʻlovlar miqdorini belgilaysiz.
Soʻnggi bosqich – avtomobilingizni olib ketib foydalanasiz.

Amaliyot sodda boʻlib, maxsus bilim va koʻp vaqtingizni olmaydi.
Lizing asosida yangi avtomobil xarid qilish uchun bizga soʻrov bering va uni oʻzingizga qulay istalgan usulda oling .

LIZING T'OLOVLARI JADVALI


Отправляя заявку Вы даёте согласие на обработку данных