Лизинг в Ташкенте - услуги лизинга от компании «Микро Лизинг» в Узбекистане

Lizing haqida

Lizingni rasmiylashtirishda
yordam kerakmi?


Xodimlar sizga
yordam beradi

Ariza berish
Lizing amaliyoti – ko'char va ko'chmas mulk buyumlarini uzoq muddatli ijaraga olish dunyoning ko'plab davlatlarida keng tarqalgan. Mazkur jarayon nomlanishining o‘zi bitm tuzuvchi subyektlar o'rtasidagi muayyan munosabat shaklini nazarda tutadi. Axir, bu atama leasing – ijaraga olish so‘zidan kelib chiqqan. Bu kabi kredit-moliya hisob-kitoblari uchun Italiya, Belgiya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari, AQSh kabi davlatlar o‘z qonunchilik normalariga ega. Qabul qiluvchi va jara xizmatini taklif qilayotgan lizing kompaniyasi o‘rtasidagi munosabatning asosiy prinsipi maksimal darajada oddiy va tushunarli.

Mulkdor uskuna, transport vositasi va boshqa obyektlarni sotib oladi, keyin esa uni bozorning boshqa ishtirokchilariga foydanalishga beradi. Qoidaga ko‘ra, moliyaviy ijara odatdagi kreditlashga qaraganda ancha foydali qaror hisoblanadi. Bundan tashqari, shartnoma muddati tugagach yangi shartnoma tuziladi. Bunda lizing oluvchi jihoz yoki boshqa obyektlarni sotib olishi shart emas. Ammo shunga qaramay, odatda, xarid amalga oshiriladi. Chunki bu kreditga olish yoki birdaniga to‘lov qilishdan ko‘ra arzonga tushadi.

Ishtirokchilar va kelishuv tomonlari

Lizing bitimlarida faqat ikki tomon bo‘ladigandek ko‘rinishi mumkin. Biroq, aslida, bu yerda bundan ko‘proq ishtirokchilar bo‘ladi. Ular orasida: turli xil xavflarni to‘liq kafolatlovchi sug‘urta kompaniyasi; sotuvchi – masalan, lizingga avtomobil xarid qilayotganda avtosalon shu maqomga o‘tadi; lizing beruvchi – mijoz tanlagan uskuna, texnika va boshqa obyektlar xaridini amalga oshiradi; lizing oluvchi – moliyaviy ijara shartnomasini imzolaydi va mulk egasiga kelishilgan mablag‘ni har oy, har kvartalda yoki boshqa grafik doirasida to‘lab boorish orqali mulkdan foydalanadi. Nima sharnoma obyekti bo‘la oladi? Lizing shartnomalari obyekti sifatida turli shakldagi mulklar bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda shartnoma lizing oluvchining imkoniyati yetmaydigan qimmatli mulkni sotib olish vaqtida rasmiylashtiriladi. Masalan, gap ofis, ishlab chiqarish yoki omborxona tashkil qilish maqsadida tijoriy ko‘chmas mulk xaridi haqida borishi mumkin. Yana bir keng tarqalgan variant – uzkunani lizingga olish. Bunda, sotib olingan mulk tor doirada, muayyan muammolarni hal qilish uchun aniq profilga ega bo'lishi mumkin. Shuningdek, ob'ekt maxsus texnika, transport bo'lishi mumkin. Ya'ni, juda qimmat va kreditga olishga noqulay.

Afzalliklari va o‘ziga xosliklari

An’anaviy kreditlashdan farqli ravishda, lizingni kichik biznes va xususiy shaxslar uchun erkinlik nafasi deb atash mumkin. Ushbu holatda ortiqcha to'lov miqdori har doim eng arzon va hamkorlik qilish shartlari esa ancha sodiqdir. Bundan tashqari, faol ravishda to'lov muddatini uzaytirish yoki to‘lovlar grafikni qayta ko'rib chiqish mumkin. Shartnomani tuzishdan oldin mijozning tarixini tekshirish kam uchraydi. Qo'shimcha moliyaviy yuklarning yo'qligini lizingning navbatdagi foydali jihati sifatida ko‘rsatish mumkin. Shartnomaning amal qilish muddati davrida sug'urta va solilar mulk egasi, ya'ni mulkni lizingga beruvchi tomonidan to'lanadi.