Bosh / Yangiliklar / Armanistonda biznes yuritish uchun litsenziya

Armanistonda biznes yuritish uchun litsenziya

26.06.2018
"Armaniston Markaziy Banki boshqaruv xizmati “Mikro Kapital Armaniston UKO” YAJga mamlakatda kichik moliyalashtirilgan biznes yuritishi uchun litsenziya berdi".

"Mikro Kapital" MChJ "Mikro Kapital Armaniston UKO" YAJning mahalliy korxonasiga kredit tashkilotlarining faoliyati va moliyaviy operatsiyalari uchun Armaniston Markaziy bankidan ro'yxatga olingani va litsenziya qabul qilganligini e'lon qiladi. "Mikro Kapital"ning prezidenti va asoschisi Vinchenzo Trani ushbu yangilikni quyidagi so'zlar bilan qarshi oldi:

"Mikro Kapital bu yangi litsenziya bilan mikromoliyalashtirish bo'yicha eng yaxshi tajribamizni Armanistonga olib kelgan holda Kavkaz mintaqasida o'z faoliyatini kengaytirib boradi. Yangi litsenziya mamlakatda ishlash va yangi ish o'rinlarini yaratishga imkon beradi".

Barcha xalqaro kuzatuvchilar kelgusi ikki yil ichida (2018-2020 yillar) Armanistonda jadal o'sishni kutishmoqda. Mintaqada yangi filialni ochish kichik va o'rta korxonalarga moliyaviy yordam olish imkonini beradi.

"Mikro Kapital Armenia UKO" YAJ bosh direktori Xachik Nerkararyanning tasdiqlashicha, yaqin kunlarda litsenziya rasmiylashtiriladi va kompaniya o'z faoliyatini boshlaydi.

Bizning asosiy vazifamiz – Armanistonda mikro va kichik biznesni kreditlashni rivojlantirish va bu sohadagi eng muhim operatorlardan biri bo'lishdir".

Ushbu yangilik kompaniya rivojlanish rejasining bir qismi bo'lib, u mikromoliya xizmatlari bilan ta'minlash va kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy ko'mak berish orqali Kavkaz, Markaziy Osiyo mintaqasida hamda “Buyuk Ipak yo‘li” davlatlarida keng tarqalishni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishish
Выберите ближайший филиал
Toshkent
Q'ongiroqqa buyurtma berish
Sizning ismingiz
Telefon
Xat yozish
Sizning ismingiz
Telefon
Sizning xabaringiz