Bosh / Yangiliklar / Ruminiyada ikkita yangi filialning ochilishi

Ruminiyada ikkita yangi filialning ochilishi

22.10.2018
Mikro Kapital bugun, 2018-yilning 22-oktabrida Ruminiyada ikkita yangi filialini ochganini e’lon qildi va buning natijasida uning filiallari soni yettitaga yetdi.

Biz yangi filiallarni ochganimiz va mamlakat janubidagi katta o’sish suratiga ega bo’lgan faoliyatimizni yanada mustahkamlaganimizdan xursandmiz. Biz Buxarest, Ploeshti va qo‘shni hududlardagi barcha mayda tadbirkorlar hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga imkon qadar yaqinroq bo‘lishni istaymiz.

Mikro Kapitalning Ruminiyadagi strategiyasini uch so‘z bilan ifodalash mumkin: shaffoflik, moslashuvchanlik va tezkorlik. Shaffoflik, chunki biz mijozlarimizga to‘g‘ri moliyalashtirish uchun barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim qilamiz. Moshlashuvchanlik, chunki biz mijozlarimiz bilan birgamiz. Hatto ularning biznesi mavsumiy, imtiyozli davrlar va moslashuvchan to‘lovlarga muhtoj bo‘lishsa ham ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Tezkorlik, chunki vaqt qimmatlidir. Shu sababli biz 45 000 ley.gacha bo‘lgan kreditlarni atigi 2 kun ichida beramiz.

“Bu yangi filiallar bizga Ruminiyaning janubiy qismini keng qamrab olishni kengaytirish va ko‘plab hududiy biznes egalarining o‘z moliyaviy maqsadlariga erishishga yordam berish imkonini beradi”, – dedi Ruminiyadagi Mikro Kapital bosh direktori Andrey Bostaka. “Bizning guruh kengayib bormoqda, va biz hozirda 15 ta davlatda 81 tadan ortiq ofislarda faoliyat olib boryapmiz”. Mikro Kapitalning mamlakatdagi faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va bizda barcha muhim shaharlarda ofislar mavjud. Hozirgi paytda mamlakat janubi va sharqida 7ta filialimiz bor va biz kelgusida Transilvaniyada ham yangi filiallar ochishni rejalashtirmoqdamiz.

Grigoriy Chorayan, Micro Capital Group vitse-prezidenti: "Ruminiya va barcha janubiy-sharqiy Yevropa mamlakatlari bizning biznesimizni rivojlantirish uchun juda muhim ahamiyatga ega va Buyuk Ipak yo'lidagi o'sish strategiyamizga mos keladi. G'arb bilan Sharq orasida. Ruminiyada kichik va o'rta kompaniyalar soni jadal o'sib bormoqda va bu borada Mikro Kapital ishonchli, tezkor va shaffof hamkordir”.

Yangi filiallarimiz mijozlarga mijozlarimiz bizning xodimlarimiz bilan uchrashib, ularning moliyaviy ehtiyojlarini muhokama qilishlari mumkin bo'lgan ochiq-oydin tartib va qulay uchrashuv joylari, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy ichki makon bilan ajralib turadi. Mikro Kapital filiallari dushanbadan jumagacha, soat 8:30 dan 17:30 gacha mavjud mijozlarga hamda Mikro Kapital mahsulotlari va xizmatlari haqida ko'proq bilmoqchi bo'lganlar uchun ochiq. Mijozlar bizning idoralarimizdan o'z bizneslarini rivojlantirishni istagan tadbirkorlarga, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar uchun pulga muhtoj bo'lganlarga mo'ljallangan kreditlar haqida ma'lumot olishlari mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishish
Выберите ближайший филиал
Toshkent
Q'ongiroqqa buyurtma berish
Sizning ismingiz
Telefon
Xat yozish
Sizning ismingiz
Telefon
Sizning xabaringiz