Лизинг спецтехники для юридических лиц в Ташкенте - ИП ООО Микро Лизинг

Maxsus texnika lizingi

LIZING PREDMETI: Maxsus texnika
LIZING MUDDATI: 60 oygacha
АVANS: narxidan 10%
MOLIYALASHTIRISH VALYUTASI: USD
NARXI: 4000 EURdan

SOʻROV QOLDIRISH

Maxsus texnika lizingi

Maxsus texnika lizingi

Biznesingiz maxsus texnikaga muhtojmi? Birdaniga amalga oshiriladigan yirik to‘lovlarni chetlab o‘tib, maxsus texnikaga ega bo‘lmoqchimisiz? Nafaqat sifatli mahsulot, balki aynan siz siz uchun foydali bo‘lgan yengil shartlarni kafolatlaydigan kompaniyani izlayapsizmi? “Mikro Lizing” mutaxassislari sizning barcha talablaringizga javob beradi, ortiqcha vaqt sarflash va qog‘ozborliklarsiz murojaatingizni ko‘rib chiqadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslar uchun maxsus texnika lizingi

Toshkentda yuqori darajadagi shaffof, kam vaqt sarflanadigan amaliyot yordamida lizingga maxsus texnika xarid qilish sizning korxonangizga foydali va ishonchli biznes faoliyatini amalga oshirish uchun zarur vositalarni taqdim etadi.

Avvalo, endi siz bitm tuzish uchun taomilga ko‘ra talab etiladigan bir talay hujjatlar ro‘yxatini unutishingiz mumkin. Bizning kompaniya bilan sizga faqatgina quyidagilarni taqdim etish kifoya:

- To‘ldirilgan ariza shakli;
- Yuridik maqomi haqida hujjatlar;
- Moliyaviy maqomi haqida hujjatlar.

Ariza va tegishli hujjatlarni ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqamiz.

“Mikro lizing” mijozlarga turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus texnikalarni taklif qiladi.
-yuklarni tashishga mo‘ljallangan maxsus texnika;
-yuklash-tushirish va ko‘tarish ishlari uchun maxsus texnika;
- qurilish va ta’mirlash ishlari uchun maxsus texnika;
-yer ishlari uchun maxsus texnika;
-maxsus texnikaning boshqa turlari.

Lizing bitimining shartlari va afzalliklari

Biz mijozlarning imkoniyati, shuningdek, o‘ziga xosligi va biznes yo‘nalishini e’tiborga olgan holda ularga shartnoma shartlarini mustaqil ravishda o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etamiz. Quyidagi asosiy shartlar mijoz hamda kompaniyamiz mutaxassisi roziligi asosida imzolanadi:

-Lizing shartnoma valyutasi;
-Kelishuv davomiyligi (1 yildan 5 yilgacha);
-To‘lov shakli (kompaniya biz xil va kamayib boradigan to‘lov turlari qatorida, to‘lovlarning yagona grafigini taklif ham qiladi);

Lizing shartnomasini imzolash vaqtida to‘lanadigan avans lizinnga olinayotgan maxsus texnika qiymatining 15% ini tashkil qiladi. Shuningdek, biz foydalanishdagi maxsus texnikalarni taklif qilamiz. Biroq, bunda quyidagi talablarga amal qilish zarur:

-bunday texnikaning narxi yetti ming AQSh dollari yoki unga teng bo‘lgan boshqa valyutadagi qiymatdan kam bo‘llmasligi kerak;
-maxsus texnikaning foydalanganlik muddati lizing shartnomasi imzolanishiga qadar 15 yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

“Mikro lizing” kompaniyasi bilan Toshkentdagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus texnika lizingi bu – biznesingiz rivojlanishi, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish hamda maxsus texnikadan iborat parkning ajoyib holatini saqlab qolishni qo‘llab-quvvatlashdir.

LIZING T'OLOVLARI JADVALI


Отправляя заявку Вы даёте согласие на обработку данных