Лизинг коммерческой недвижимости для юридических лиц в Ташкенте - ИП ООО Микро Лизинг

Tijoriy koʻchmas mulk uchun lizing

LIZING PREDMETI: Tijoriy koʻchmas mulk
LIZING MUDDATI: 60 oygacha
АVANS: narxidan 20%
MOLIYALASHTIRISH VALYUTASI: USD
NARXI: 10 000 EURdan

SOʻROV QOLDIRISH

Tijoriy koʻchmas mulk uchun lizing

Tijoriy koʻchmas mulk uchun lizing

“Mikro Lizing” kompaniyasi oʻzining uzoq yillik tajribasiga tayangan holda Toshkentda tijoriy koʻchmas mulk uchun foydali tezkor bitim tuzishingizga yordam beradi. Bunda lizing bitimining amal qilish muddati va toʻlov grafigining qulay usulini oʻzingiz belgilaysiz.

Yuridik shaxslar uchun tijoriy koʻchmas mulkka lizing

Tijoriy faoliyat yuritish uchun ofis uchun bino, ombor va boshqa koʻplab jihatlar zarur. Tabiiyki, bunda ijaraga olish ma’qulmi yoki koʻchmas mulkni xarid qilgan ma’qulmi, degan haqli savol tugʻiladi. Biroq aniq bir javobning oʻzi yoʻq.

Biznes egalari, xoh u kichik yoki yirik biznes boʻlsin, xarid qilishdan koʻra ijaraga olishni ma’qul koʻrishadi.

Koʻchmas mulk narxlari yuqori, ijara esa binodan faqat vaqtinchalik foydalanishga imkon beradi, bu esa uning oʻsib borishini inobatga olgan holda unchalik ham foydali emas.

Ushbu tanlov bir qator ijobiy tomonlari bilan izohlanadi:

- Ijarachini koʻchirib yuborishi mumkin boʻlgan ijara egasining yoʻqligi
- Tijoriy koʻchmas mulkdan oʻz istagiga qarab foydalanish imkoniyati – ta’mirlash, qayta rejalashtirish, shuningdek, binoning bir qismini ijaraga berish.
- Ijaraga qaraganda binoga ketadigan amaldagi xarajatlarni kamaytirish.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tijoriy koʻchmas mulk uchun lizing berish – bu bir vaqtning oʻzida yirik xarajatlar qilmasdan koʻchmas mulkni xarid qilish imkoniyatlaridan biri sanaladi.

Yuridik shaxslar uchun tijoriy koʻchmas mulkka lizing berishning qanday afzalliklari bor?

Birinchi galda, bu lizing – bu istalgan maqsadlardagi biznes uchun ijarasiz, doimiy xarajatlarsiz va ijarachilarning ishtirokisiz, bank krediti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri xaridga qaraganda bino olishning ancha samarali mexanizmi sanaladi. “Mikro Lizing” kompaniyasi turli: ofis va ishlab chiqarish, mehmonxonalar, restoran va qahvaxonalar, salonlar hamda boshqalar turdagi maqsadlar uchun bino xarid qilishni moliyalashtiradi. Bunda lizing toʻlovlari ijara haqqi bilan oʻlchanadi, ammo lizingda siz oʻz mulkingizga mablagʻ kiritish bilan birgalikda biznesingizni sarmoya bilan ta’minlaysiz.

Kompaniyamiz yuridik shaxslar tomonidan majburiy tartibda beriladigan hujjatlar paketini minimumga keltirgan.
Bular:
- Mijoz tomonidan toʻldirilgan ariza;
- Mijozning yuridik maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar;
- Mijozning moliyaviy maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar.

Soʻrovlar 2 ish kunida koʻrib chiqiladi - “Mikro Lizing” kompaniyasi mutaxassislari vaqtingizni qadrlashadi.

Koʻchmas mulk lizingi: asosiy shartlar

Kompaniyamiz mijozlarning imkoniyat va ehtiyojlaridan kelib chiqib ish koʻradi.

LIZING T'OLOVLARI JADVALI


Отправляя заявку Вы даёте согласие на обработку данных