Лизинг оборудования для юридических лиц в Ташкенте - ИП ООО Микро Лизинг

Uskunalar Lizingi

LIZING PREDMETI:  uskunalar
LIZING MUDDATI: 60 oygacha
АVANS: narxidan 10%
MOLIYALASHTIRISH VALYUTASI: USD
NARXI: 4000 EURdan

SOʻROV QOLDIRISH

Uskunalar Lizingi

Uskunalar Lizingi

Bugungi kunda uskunani lizingga olish bozor sharoitidagi raqobatni hisobga olgan holda biznesini rivojlantirish va ishlab chiqarishni kengaytirishga urinayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari uchun sezilarli darajada moliyaviy vositani talab etadi.
“Mikro Lizing” kompaniyasi mutaxassislari sizga ortiqcha vaqt sarflash va qog‘ozbozliklarsiz eng yaxshi uskunalarni olishga yordam beradi.

Uskunalar lizingi: afzalliklar

Biz mijozlar bilan shartnoma tuzishning quyidagi bosqichlarini ishlab chiqdik:
1. Mijoz yetkazib beruvchidan o‘ziga kerakli uskuna modelini tanlaydi;
2. Mijoz “Mikro Lizing”ga ariza taqdim etadi;
3. Kompaniya mutaxassislari arizani ikki kun ichida ko‘rib chiqadi. Tomonlar shartlarni kelishib oladi va lizing shartnomasini imzolaydi;
4. “Mikro Lizing” kerakli uskunani sotib oladi. So‘ngra uni mijozga yetkazadi.

Toshkentdagi yuridik shaxslar uchun lizingga uskuna sotib olishda talab etiladigan hujjatlar:
- mijozning arizasi;
- mijozning moliyaviy maqomi to‘g‘risidagi hujjatlar;
- mijozning yuridik maqomi to‘g‘risidagi hujjatlar.

Uskunani lizingga olish jarayoni mutlaqo oddiy, shaffof bo‘lib, biz tomondan nihoyatda qisqa muddatda amalga oshiriladi.

Uskuna lizingi: asosiy shartlar va o‘ziga xosliklari

“Mikro Lizing” kompaniyasi faoliyatini boshqaruvchi prinsip – har bir mijozga uning ehtiyojlari, imkoniyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda alohida yondashish. Shartnoma imzolash orqali biz yuridik shaxslarga quyidagi shartlar asosida uskunalar lizingini taklif qilamiz:

- Mijoz tomonidan shartnoma valyutasining tanlanishi;
- Lizing shartnomasi muddati – 13 oydan 60 oygacha;
- Mijozning alohida to‘lov grafigi, mavsumiy to‘lov grafigi, shuningdek, mijozning istagiga ko‘ra – kamayib boradigan yoki bir xil to‘lovlar;
- Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uskunani qat’iy sug‘urtalash;
- Lizingga olinayotgan uskuna qiymatining 15% i miqdorida avans to‘lovi.

Toshkentdagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning lizingga uskuna olishda “Mikro Lizing” kompaniyasi bilan hamkorlik qilishi ularga o‘z biznesiga investitsiya kiritish, raqobatbardoshliligini oshirish va saqlab qolish hamda o‘sib borayotgan bozorda o‘z o‘rnini

LIZING T'OLOVLARI JADVALI


Отправляя заявку Вы даёте согласие на обработку данных