Лизинг легковых автомобилей для юридических лиц в Ташкенте - ИП ООО Микро Лизинг

Yengil avtomobillar Lizingi

LIZING PREDMETI: avtomobil
LIZING MUDDATI: 60 oygacha
АVANS: avtomobil narxidan 10%
MOLIYALASHTIRISH VALYUTASI: USD
AVTOMOBIL NARXI: 4000 EURdan

SOʻROV QOLDIRISH

Yangi avtomobillar lizingi

Yengil avtomobillar Lizingi

Yengil avtomobillar lizingi: kichik biznes, shuningdek, o‘rta hajmdagi biznes vakillari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar har qanday sohadagi faoliyat davomida transport vositalariga ehtiyoj sezadilar va ko‘p hollarda xizmat avtomobillari, yetkazib berish xizmati, avtopark to‘plami va e’lonlarini qidirishga tushadilar.

Bu vaziyatda nisbatan qulayroq bo‘lgan shartlarda – avtomobil sotib olish yoki ijaraga olish, yoxud qimmatli vaqt va kuchni oladigan, shuningdek, qog‘ozbozliklarga ko‘mib tashlaydigan kredit amaliyotidan foydalanishni tanlashga to‘g‘ri keladi. Bunda avtomobil lizingi kabi ta’sirli va iqtisodiy jihatdan maqsadli yo‘naltirilgan moliyaviy vosita eng to‘g‘ri yechim bo‘la oladi. Bundan tashqari, siz qanday vositani (yangi yoki foydalanilgan) lizingga olishni tanlash imkoniyatiga egasiz.

Yengil avtomobillar lizingining oʻziga xoslik va ustunliklari

Yengil avtomobilni lizinnga olish uchun yuridik shaxsdan kompaniyamizga qisqartirilgan tegishli hujjatlar to‘plami bilan murojaat qilishi talab etiladi:

- Transport vositasini lizingga olish to‘g‘risidagi ariza;
- Arizachining yuridik maqomini tasdiqlovchi hujjatlar;
- Arizachining moliyaviy maqomini tasdiqlovchi hujjatlar.

Xarid qilish to‘g‘risidagi qaror taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish bilan birga tezkor amalga oshiriladi va bunga ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqt talab etiladi. Shundan so‘ng siz natijalar haqida darhol xabardor qilinasiz.

Kompaniyamizning mijozi sifatida lizing uchun avtomobil tanlash orqali В качестве клиента нашей компании Вы сможете оценить преимущества работы с «Микро Лизинг» на самом начальном этапе – выбирая автомобиль для лизинга. Kompaniyaning mazkur sohadagi tajribasi, xalqaro va obro‘li avtodilerlar bilan hamkorlik bizga yuridik shaxslar uchun yangi va foydalanishda bo‘lgan keng turdagi va turli markali yengil avtomobillarni lizingga olish imkonini beradi.

“Mikro Lizing” kompaniyasi tajribali biznesmenlar, hali bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan, faoliyatini endigina boshlayotgan tadbirkorlar bilan ham hamkorlik qilishga tayyor ekanligiga alohida e’tiboringizni qaratmoqchimiz.

Yuridik shaxslar uchun yengil avtomobillarni lizingga berish: asosiy prinsiplar

Kompaniya faoliyatining asosiy prinsipi – har bir mijozga alohida yondashuv. Bu biz sizning qiziqishlaringiz va moliyaviy imkoniyatlaringizni e’tiborga olishimiz va ulardan kelib chiqib siz uchun maksimal darajada foydali bo‘lgan shartlarni tanlashimizni anglatadi.

Siz quyidagilarni mustaqil ravishda tanlaysiz va o‘rnatasiz:

- Lizing shartnomasining amal qilish muddati;
- To‘lov uchun nisbatan qulay valyuta turi;
- To‘lov shakli yoki to‘lov grafigi;
- Avans to‘lovi yoki transport vositangizni hisobga berish.

Siz avtomobilni bir kun ichida olasiz. Buning uchun bor yo‘g‘i shartnoma tuzish va avansni to‘lash kifoya.

LIZING T'OLOVLARI JADVALI


Отправляя заявку Вы даёте согласие на обработку данных