Лизинг грузовых автомобилей для юридических лиц в Ташкенте - ИП ООО Микро Лизинг

Yuk avtomobillari uchun lizing

LIZING PREDMETI: Yuk avtomobil
LIZING MUDDATI: 60 oygacha
АVANS: avtomobil narxidan 20%
MOLIYALASHTIRISH VALYUTASI: USD
AVTOMOBIL NARXI: 4000 EURdan

SOʻROV QOLDIRISH

Yuk avtomobillari uchun lizing

Yuk avtomobillari uchun lizing

Qisqa vaqt ichida yuk avtomobili zarur, ammo moliyaviy sharoitingiz tezkor xaridlar uchun qoniqarli darajada boʻlmasa, “Mikro Lizing” kompaniyasiga murojaat qilgan holda muddatlarni yoʻqqa chiqarishingiz mumkin. Siz Toshkentda lizing asosida kerakli yuk avtomobillarini oson, tez va ishonchli tarzda xarid qilishingiz mumkin.

Bunda kompaniya siyosati mijozlarga arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqishda tezkor xizmat koʻrsatishni ta’minlaydi, shu bilan birgalikda, har bir mijozga individual yondashiladi.

Yuk mashinalari uchun lizing borasida “Mikro Lizing” kompaniyasidagi afzalliklar

Biz mijozlarimizga uzoq muddatli moliyaviy ijara va klassik kreditlashtirishning eng yaxshi tomonlarini oʻzida uygʻunlashtirgan lizing xizmatlarini taklif etamiz. Hamkorlik yuzasidan bizga murojaat qilar ekansiz, kerakli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirishda sezilarli darajada vaqt tejab qolasiz. Toshkentda lizing asosida yuk avtomobilini xarid qilish uchun faqat quyidagilarni taqdim etsangiz bas:

- Ariza;
- Yuridik maqomni tasdiqlovchi hujjatlar;
- Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning moliyaviy sharoiti haqidagi hujjatlar.

Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlar paketini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun bizga 2 ish kuni kerak boʻladi.

“Mikro Lizing” kompaniyasi eng yangi rusumlardagi yuk mashinalariga lizing beradi, shuningdek, avval foydalanilgan mashinalar bilan quyidagi shartlar asosida ishlaydi:

- transport vositasi narxi 7 000 AQSh dollaridan koʻp boʻladi (yoki ushbu mablagʻning boshqa valyutadagi ekvivalentida);
- transport vositasining yoshi 15 yildan koʻp boʻlmasligi zarur.

Yaqindagina bozorga chiqqan kichik kompaniya yoki dovrugʻga ega yirik kompaniyani ifoda etishingizdan qat’iy nazar, agar “Mikro Lizing”ga murojaat qilsangiz, Toshkentda yuk mashinasini lizing asosida xarid qilish aslo qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Yuk mashinalari uchun lizingning oʻziga xos tomonlari va shartlari

Kompaniyamiz mijozlari uchun biz bitim tuzishning bir necha shartlarini ishlab chiqqanmiz, ularning har bir bandi lizing oluvchining imkoniyat va didi asosida yakka tartibda oʻrnatiladi.

1. Toʻlovning uch turi: teng, kamayib boruvchi yoki yakka tartibdagi grafik asosida.
2. Lizingning amal qilish muddati: 13 oydan 60 oygacha.
3. Lizingga shartnoma tuzish uchun valyutani tanlash.
4. Avans – lizing shartnomasi predmetining narxidan 15%.

Tomonlar bitimning asosiy shartlari boʻyicha qaror qabul qilishadi va shartnoma tuzishadi, shundan soʻng bir kun ichida mijoz yuk transport vositasini olib foydalanishi mumkin. Kompaniyamiz bilan yuk avtomobilini lizingga olish boʻyicha hamkorlik qilish ayni amaliyotning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlaydi.

LIZING T'OLOVLARI JADVALI


Отправляя заявку Вы даёте согласие на обработку данных